TOLA AJRATGICH KOLOSNIGI ALMASHINUVCHI ELEMENTINING ISHCHI YUZASINI ULTRATOVUSHLI ISHLOV BERISH ORQALI QATTIQLIGINI OSHIRISH TADQIQOTLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada 4DP-130 rusumli arrali tola ajratgich kolosnigining ishchi qismiga o‘rnatiladigan almashinuvchi elementning ishchi yuzasini ultratovushli ishlov berish orqali qattiqligini oshirish masalasi tadqiq etilgan. Element materiali sifatida O‘zbekistonda keng tarqalgan va iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan Po‘lat 45 tanlangan. 22 kGs chastota, 10–25 mkm amplituda va 200 N statik kuch sharoitlarida ishlov berish rejimlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, A=20 mkm, P=200 N va n=2 o‘tishdan iborat optimal rejimda yuza qattiqligi 210 HV dan 480 HV gacha, ya’ni 2,3 marta oshgan, qattiqlashtirilgan qatlam chuqurligi taxminan 200 mkm ni tashkil etgan. Yuza g‘adir-budurligi Ra 1,25 mkm dan 0,34 mkm gacha, paxta tolasi bilan ishqalanish koeffitsiyenti esa 0,34 dan 0,23 gacha kamaygan. Abraziv yeyilishning 45% ga kamayishi ultratovushli ishlov berishning almashinuvchi elementning xizmat muddatini oshirishdagi samaradorligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar paxta tozalash mashinalarining ishchi organlarini mahalliy Po‘lat 45 asosida modernizatsiya qilish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan