Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Xususiy tibbiy xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy mexanizmi amal qilish tamoyillari

Toʻxtayev Umidjon Shuhrat oʻgʻliBuxoro davlat universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada xususiy tibbiy xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy mexanizmining amal qilish tamoyillari nazariy-uslubiy jihatdan tadqiq etilgan. Tibbiy xizmatlar bozorining axborot assimetriyasi, ijtimoiy ahamiyati, sifatni oldindan baholash murakkabligi va davlat tomonidan tartibga solish zarurati kabi xususiyatlaridan kelib chiqib, iqtisodiy mexanizmning umumiy bozor tamoyillarini to'g'ridan-to'g'ri qo'llash yetarli emasligi asoslangan. Mualliflik yondashuvida bemor uchun qiymat yaratish, sifat va xavfsizlik ustuvorligi, iqtisodiy manfaatdorlik, narx-natija mutanosibligi, raqobat neytralligi, axborot shaffofligi, innovatsionlik, resurs samaradorligi, institutsional muvofiqlik, javobgarlik va adaptivlik tamoyillari yagona tizimga keltirilgan. Tamoyillarning iqtisodiy mazmuni, amal qilish vositalari va raqobat natijasi o'rtasidagi bog'liqlik ochib berilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba