Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l stansiyalaridagi boshqaruv apparatlarining tahlili va modernizatsiyasi

Sunnatillo T. BoltayevToshkent davlat transport universitetiCharos AripovaToshkent davlat transport universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada temir yo‘l stansiyalarida qo‘llanilayotgan boshqaruv apparatlari, jumladan pult-tablo, pult-manipulyatorlar va tashqi tablolarning turlari, texnik xususiyatlari hamda tasnifi tahlil qilingan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida mavjud stansiyalarda foydalanilayotgan releli va marshrut-releli markazlashtirish pultlari, UP-1, UP-2, PPNB, PPNBM, TVB va TVBU turidagi qurilmalarning gabarit o‘lchamlari, massasi va funksional imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Mavjud boshqaruv apparatlarining ekspluatatsion afzalliklari va kamchiliklari baholanib, ularning zamonaviy temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlari talablariga muvofiqligi tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud boshqaruv apparatlarini dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar (PLC) va kompyuter texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish imkoniyatlari yoritilgan. Taklif etilgan yechim stansiya navbatchisining avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil etish, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, inson omili ta'sirini kamaytirish hamda poezdlar harakati xavfsizligi va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba