Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

EKOLOGIK TOZA QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ekologik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy, institutsional hamda iqtisodiy jihatlari tadqiq etilgan. Ekologik toza mahsulotlar bozorining barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, organik qishloq xoʻjaligi va qiymat zanjiri konsepsiyalari bilan oʻzaro bogʻliqligi ochib berilgan. Jahon organik qishloq xoʻjaligi bozorining zamonaviy holati, organik qishloq xoʻjaligi yerlari, ishlab chiqaruvchilar soni, chakana savdo hajmi hamda xalqaro savdo koʻrsatkichlari tahlil qilingan. Oʻzbekistonda organik mahsulotlar bozorini tartibga soluvchi huquqiy-institutsional mexanizmlar, sertifikatlash, qayta ishlash, logistika, markirovkalash va eksport salohiyati bilan bogʻliq imkoniyatlar oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida ekologik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorini ishlab chiqarish, sertifikatlash, raqamli kuzatuv, qayta ishlash, logistika, marketing va eksportni yagona qiymat zanjiriga birlashtirish asosida rivojlantirish mexanizmi taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba