Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KENGAYUVCHI KIRISH TILI FORMALIZMIDA GAP BO'LAKLARI INVENTARINING QAMROV CHEGARASI VA UNI KENGAYTIRISH YO'NALISHLARI

Ziyoviddin SirojiddinovMuftah Xamidovich XakimovMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada kengayuvchi kirish tili (KKT) formalizmidagi gap bo'laklari inventari — ega (E5), aniqlovchi (E6), to'ldiruvchi (E7), hol (E8), kesim (G2) — uchun rol ketma-ketligi, ruxsat etilgan modellar to'plami, qamrov funksiyasi va moslik mezoni formal ta'riflanadi. Qamrov ikki asbob bilan o'lchandi: qisqa gaplarda 76–86 %, butun korpusda qat'iy mezon bilan 7,82 %. Qamralmaslik uch asosiy qatlamga ajraladi: alifbo (54,09 %), rol berish (32,46 %) va boshqa cheklovlar (5,61 %). Spetsifikatsiyaga mos ehtiyotkor kengaytirishlar empirik qamrovni 15,97 % gacha oshiradi; 45,97 % printsipial yuqori chegara. Haqiqiy matnda 3 490 klauzada 3 078 turli rol ketma-ketligi kuzatildi (tip/klauza nisbati 88,2 %); qamralmagan tiplarning 95,7 % i bir martalik.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba