Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

G‘O‘ZA TOMONIDAN AZOT, FOSFOR VA KALIYNING O‘ZLASHTIRILISHI: DINAMIKASI, SAMARADORLIGI VA HOSILDORLIKKA TA’SIRI

Umedillo Salimovich KasimovMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiDilafruz MakhkamovaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning azot, fosfor va kaliyni o‘zlashtirishi hamda ularning o‘simlik organlarida to‘planish dinamikasi agrofonlar kesimida tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari mineral o‘g‘itlar me’yorining oshirilishi va ularning 20 t/ga go‘ng bilan uyg‘un qo‘llanilishi g‘o‘zaning ozuqa elementlari bilan ta’minlanishini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar N250P180K125 + 20 t/ga go‘ng agrofonida qayd etilgan bo‘lib, mazkur variantda azotning chigitdagi miqdori 2,12 %, fosfor 1,02 %, kaliyning chanoqdagi miqdori esa 3,73 % ni tashkil etgan. Olingan natijalar mineral va organik o‘g‘itlarni kompleks qo‘llash g‘o‘zaning mineral oziqlanishini optimallashtirish, ozuqa elementlarining o‘zlashtirilishi va o‘simlik organlarida samarali taqsimlanishini ta’minlash hamda yuqori hosildorlik uchun maqbul agrofon shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba