KONVERTER CHANGINI KOMPLEKS GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASHDA VISMUTNI AJRATIB OLISH IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot rangli metallurgiya korxonalarida hosil boʻladigan konverter changini kompleks gidrometallurgik qayta ishlash va tarkibidagi qimmatli komponentlarni selektiv ajratib olishga bagʻishlangan. Tadqiqotda mis ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan konverter changi xomashyo sifatida qabul qilinib, uning kimyoviy tarkibi va asosiy texnologik koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Xomashyo tarkibida 31,56 % Pb, 14,70 % Zn va 2,20 % Cu mavjud boʻlib, shuningdek, Fe, Bi, As, Cd, Au va Ag kabi qoʻshimcha komponentlar aniqlangan. Texnologik jarayon sulfat kislotali yuvish, dekantatsiya, qoʻrgʻoshin saqlovchi kekni natriy xlorid eritmasida qayta ishlash, neytrallash, quyuqlashtirish va quritish bosqichlarini oʻz ichiga oldi. Sulfat kislotali yuvish 60–80 g/l H₂SO₄ konsentratsiyasida, 80–85 °C haroratda, 1,5 soat davomida va T:J = 1:4 nisbatda olib borildi. Keyingi bosqichlarda qoʻrgʻoshin karbonat konsentrati, shuningdek, mis va rux gidroksidlarini olish sharoitlari belgilandi. Texnologik hisob-kitoblarga koʻra, 20 m³ hajmli reaktorda bir siklda 5 t xomashyoni qayta ishlash va sutkasiga 20 t gacha mahsulot olish imkoniyati aniqlandi. Olingan natijalar konverter changidan metall komponentlarni kompleks ajratib olish va texnogen chiqindilardan samarali foydalanish imkoniyatini koʻrsatadi.