BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy texno logiyalari va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Boshlang'ich ta'lim bosqichida o'quvchilar tafakkurining ko'rgazmaliobrazli tafakkurdan so'zmantiqiy tafakkurga o'tish xususiyatlari yoritilgan. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning o'quv chilarning axborotni tahlil qilish, asosiy jihatlarni ajratib olish, faktlar o'rtasidagi bog'liqliklarni aniqlash, xulosa chiqarish va bilimlarni tizimlashtirish qobiliyatlarini shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, mantiqiy o'yinlar, nutqiy topshiriqlar, amaliy vazifalar, mental arifmetika, konstruktorlik faoliyati va tajribalardan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. 1–3sinf o'quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, tasniflash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, ochiq topshiriqlar, fanlararo bog'liqlik va kichik tadqiqotlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati asoslangan. Tadqiqot natijasida mantiqiy fikrlashni tizimli va bosqichmabosqich rivojlantirish o'quvchilarning intellektual faolligi, mustaqil fikrlashi va ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlangan.