FARG'ONA VODIYSI LOGISTIKA MARKAZLARI O'RTASIDA YUK OQIMLARINI GEOAXBOROT TIZIMI ASOSIDA RATSIONAL TAQSIMLASH VA QAYTA ISHLASH QUVVATIDAN FOYDALANISHNI OPTIMALLASHTIRISH
Annotatsiya
Maqolada Farg'ona vodiysidagi beshta logistika markazi — Qo'qon, Marg'ilon, Rouston, Axtachi va Asaka o'rtasida yuk oqimlarining notekis taqsimlanishi muammosi ko'rib chiqilgan. Amaldagi holatda markazlarning yuklanish darajasi 34,55 foizdan 98,18 foizgacha o'zgaradi: bir guruh terminallar quvvat chegarasida ishlasa, boshqalarida quvvatning uchdan ikki qismidan foydalanilmaydi. Muammoni hal etish uchun transport-logistika tarmog'i geoaxborot tizimi muhitida graf ko'rinishida modellashtirildi hamda quvvat cheklovlarini hisobga oluvchi taqsimlash algoritmi veb-ilova shaklida amalga oshirildi. Hisob-kitoblar yuk oqimini markazlar quvvatiga mutanosib ravishda qayta taqsimlash natijasida barcha markazlarda yuklanish darajasi 65,75 foiz atrofida tenglashishini ko'rsatdi. Mazkur daraja terminal faoliyatining barqaror rejimi hisoblangan 60–75 foiz oralig'iga to'g'ri keladi. Dasturni joriy etishning sof yillik iqtisodiy samarasi 641,28 mln so'mni, o'zini oqlash muddati esa 1,4 yilni tashkil etadi. Ilmiy yangilik sifatida GIS muhitida monitoring, quvvat to'lganda muqobil markazni tanlash va iqtisodiy baholashni yagona hisoblash zanjiriga birlashtiruvchi yondashuv taklif etilgan.