Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AQSHDA XUSUSIY TIBBIY XIZMATLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH IQTISODIY MEXANIZMI AMAL QILISH XUSUSIYATLARI

Toʻxtayev Umidjon Shuhrat oʻgʻliBuxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada AQSHda xususiy tibbiy xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy mexanizmining amal qilish xususiyatlari bozor-sugʻurta modeli nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Xususiy sugʻurta rejalari va provayder tarmoqlari oʻrtasidagi raqobat, selektiv shartnomalash, Medicare va Medicare Advantage orqali shakllanadigan moliyaviy ragʻbatlar, qiymatga asoslangan toʻlov, Hospital Value-Based Purchasing, narx va sifat shaffofligi, bemor tanlovi, texnologik innovatsiyalar hamda antimonopol nazorat mexanizmlari tizimlashtirilgan. AQSH modelida raqobat faqat klinikalar oʻrtasida emas, balki sugʻurta kompaniyalari, shifoxona tarmoqlari, shifokorlar guruhlari va raqamli tibbiy platformalar oʻrtasida ham shakllanishi asoslangan. Shu bilan birga, provayderlar konsolidatsiyasi, yuqori narxlar va sugʻurta bozorlaridagi konsentratsiya samarali raqobatni cheklovchi omillar sifatida baholangan. AQSH tajribasidan Oʻzbekistonda foydalanish uchun natijaga bogʻlangan toʻlov, sifat indikatorlari, akkreditatsiya, narx shaffofligi va antimonopol monitoringni uygʻunlashtirish boʻyicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba