Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BEHI MEVASIGA DASTLABKI ISHLOV BERISH USULLARINING QURITISH SAMARADORLIGI VA TAYYOR MAHSULOT SIFATIGA TA’SIRI

Yunusov Saddambek Shavkatbek o'g'liShavkat UmidovToshkent davlat agrar universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada behi (Cydonia oblonga Mill.) mevasini quritishdan oldin dastlabki ishlov berish usullarining quritish jarayoni samaradorligi va tayyor mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda meva bo‘laklarining qalinligi, blanshirovka harorati va davomiyligi hamda askorbin kislotasi eritmasi bilan antioksidant ishlov berishning mahsulot rangi, vitamin C saqlanishi, fermentativ qorayish va keyingi quritish jarayoniga ta’siri baholangan. Tajriba natijalari behi mevasini 5–7 mm qalinlikda tilmalarga kesish, 85–90 °C haroratda 2–3 daqiqa davomida blanshirovka qilish va 0,3% askorbin kislotasi eritmasi bilan ishlov berish quritishga tayyorlashning samarali texnologik usuli ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu ishlov berish kombinatsiyasi fermentativ qorayishni 42–48% ga kamaytirish, mahsulotning tabiiy rangini saqlash darajasini 40–45% ga yaxshilash va vitamin C saqlanishini 85–88% darajasida ta’minlash imkonini berdi. Dastlabki ishlov berish parametrlarini to‘g‘ri tanlash behi to‘qimasida kechadigan fermentativ va oksidlanish jarayonlarini cheklash bilan birga, keyingi quritish jarayonining barqaror kechishi va yuqori sifatli quritilgan mahsulot olish uchun texnologik asos yaratishi aniqlandi. Olingan natijalar behi mevasini qayta ishlashda dastlabki ishlov berish va quritish jarayonlarini o‘zaro bog‘liq texnologik tizim sifatida tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba