BIOLABORATORIYALARDA ENCARSIA PARTENOPEA (HYMENOPTERA) ENTOMOFAGINI KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI VA AGROBIOTSENOZLARDA OQ QANOTGA (ALEYRODIDAE) QARSHI QO‘LLASHNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada agrobiotsenozlarda oq qanotga (Aleyrodidae) qarshi samarali biomaterial hisoblangan Encarsia partenopea entomofagini biolaboratoriya sharoitida ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyasi yoritilgan. Tadqiqotlar davomida laboratoriyada optimal harorat 25-27°C va namlik 65-75% bo‘lganda, entomofagning rivojlanish sikli 12-15 kunni tashkil etishi aniqlandi. Laboratoriya sharoitida 1 ta urg‘ochi Encarsia o‘rtacha 60-100 tagacha tuxum qo‘yishi va ozuqa izlash radiusi yuqoriligi kuzatildi. Agrobiotsenozlarda, xususan issiqxona sharoitida, zararkunanda zichligi har 1 m² maydonga 1-5 dona bo‘lganda, entomofagni 1:10 nisbatda chiqarish tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Encarsia partenopea qo‘llanilgan maydonlarda oq qanot lichinkalarining parazitlanish darajasi 85-92% gacha yetadi. Bu ko‘rsatkich kimyoviy preparatlardan foydalanishni 3-4 barobarga qisqartirish imkonini beradi.
Hali tarjima qilinmagan