Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

5-XLORBENZIMIDAZOL HOSILASI ASOSIDAGI YANGI GERBITSIDNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI VA QO‘LLASH ME’YORLARI

2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda yuqori sarf me’yorlar da qo‘llaniladigan, suvda kam eruvchan 2-metil-5-xlorbenzimidazol va N-(fosfonometil)glitsin kislotasi asosida suvda yuqori eruvchanlikka hamda biologik faollikka ega yangi turdagi gerbitsid olish masalasi tadqiq etilgan. Boshlang‘ich moddalarning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida ularni modifikatsiyalash orqali yangi kompleks birikma asosida “Buran DOS-I” 50 % em.k. preparati olingan. Preparatning begona o‘tlarga qarshi biologik samaradorligi dala sharoitida 0,75–1,25 l/ga sarf me’yorlarida o‘rganilgan. Dala sinovlari natijasida preparatning begona o‘tlarga qarshi 89–92 % gacha biologik samaradorlik namoyon etishi aniqlandi. Olingan natijalar “Buran DOS-I” 50 % em.k. preparatini nisbatan past sarf me’yorlarida qo‘llash va uning qishloq xo‘jaligida istiqbolli gerbitsid sifatidagi samaradorligini baholash imkonini beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba