Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA DORIVOR STEVIYANI YETISHTIRISHNING AGROTEXNIK OMILLARI: EKISH MUDDATI VA KO‘CHAT QALINLIGINING AHAMIYATI

Mukarramxon Adhamovna NabijonovaFarg‘ona Davlat Universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada dorivor steviya (Stevia rebaudiana Bertoni)ni Farg‘ona viloyati sharoitida yetishtirishda ekish muddati va ko‘chat qalinligining o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda barg hosildorligiga ta’siri ilmiy adabiyotlar va mahalliy tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. Steviya barglarida yuqori shirinlik xususiyatiga ega steviol glikozidlar to‘planishi sababli oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa sohalarda muhim xomashyo hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida ushbu ekinning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yetishtirish agrotexnologiyasini hududiy sharoitga moslashtirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqotlar tahlili ekish muddatini hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos tanlash o‘simlikning dastlabki rivojlanishi va vegetativ o‘sishi uchun qulay sharoit yaratishini ko‘rsatdi. Shuningdek, ko‘chat qalinligi o‘simliklarning oziqlanish maydoni, yorug‘lik, namlik va oziqa moddalari uchun raqobati hamda bir birlik maydonda shakllanadigan barg biomassasiga ta’sir qilishi aniqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba