O'ZBEKISTON QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA TALAB VA ISHLAB CHIQARISH NOMUTANOSIBLIGINI ERTA ANIQLASH INDIKATORLARI VA STRATEGIK QARORLAR MATRITSASI
Annotatsiya
Maqolada O'zbekiston qurilish materiallari sanoatida talab va ishlab chiqarish o'rtasidagi nomutanosiblikni qaror qabul qilishdan oldin aniqlashga xizmat qiluvchi indikatorlar tizimi ishlab chiqildi. 2019–2025-yillar trendlari, 2025-yil mavsumiyligi, oltita mahsulot bo'yicha reja va haqiqiy ishlab chiqarish ko'rsatkichlari hamda TIF TNning 25-, 68-, 69- va 70-guruhlariga oid tashqi savdo ma'lumotlari tahlil qilindi. Reja bajarilishi, yillik o'zgarish va tashqi savdo qaramligi bir-birini tekshiruvchi signallar sifatida qo'llandi. Dalillar yetarliligiga asoslangan D0–D5 matritsasi taklif etildi. Natijalar qurilish oynasi va keramik plitkalar bo'yicha chuqurlashtirilgan audit zarurligini, yuqori reja bajarilishi esa avtomatik ravishda ortiqcha quvvat mavjudligini anglatmasligini ko'rsatdi.