Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OCHIQ DALA SHAROITIDA BODRING AGROBIOTSENOZLARIDA LIRIOMYZA SATIVAE NING MAVSUMIY UCHRASH DINAMIKASI

Nodira XusenovaToshkent davlat agrar universiteti, O‘simliklar karantini va himoyasi ITI
2026
ABI

Annotatsiya

Ochiq dala sharoitida bodring agrobiotsenozida Liriomyza sativae ning mavsumiy uchrash dinamikasini aniqlash, zararkunandaning dastlabki paydo bo‘lish, yuqori faollik va pasayish davrlarini belgilash maqsadida tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlar insektitsidlar qo‘llanilmagan bodring maydonlarida olib borilib, kuzatuvlar o‘simliklar dalaga ekilgandan hosil yig‘ish tugagunga qadar har 10 kunda o‘tkazilib, har bir hisob muddatida daladagi 10 ta o‘simlikdan 5 tadan barg, jami 50 ta bargdagi umumiy g‘ovaklar va ichida tirik lichinka mavjud bo‘lgan faol g‘ovaklar hisobga olindi. Dastlabki zararlanish belgilari 2020 yilda may oyining II dekadasida, 2021-2022 yillarda esa may oyining I dekadasida qayd etildi. Faol g‘ovaklar eng yuqori ko‘rsatkichi iyun oyining III dekadasida kuzatilib, 2020, 2021 va 2022 yillarda mos ravishda 4,8; 2,3 va 4,1 donani tashkil etdi. Umumiy g‘ovaklar miqdori avgust oyining I dekadasida 12,0; 6,3 va 10,1 donaga yetdi. Iyul oyining II dekadasida faol g‘ovaklar soni 58,3-61,0 foizga kamaydi. Lichinkalarning 5-6 foizida parazitoidlar ta’siri belgilari aniqlanib, Diglyphus isaea, Dacnusa sp. va Opius spp. qayd etildi. Olingan natijalar bodringda fitosanitar monitoringni may oyining I-II dekadalaridan boshlash va iyun oyining II-III dekadalarida kuchaytirish zarurligini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba