OLIY TA'LIM MUASSASALARINING RAQAMLI BREND POZITSIYASINI BAHOLASH VA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarining raqamli brend pozitsiyasini baholash va rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda raqamli brendning mazmuni, tarkibiy elementlari va uni shakllantiruvchi asosiy omillar nazariy jihatdan yoritilgan. Oliy ta'lim muassasasining raqamli ko'rinuvchanligi, brend identifikatsiyasi, kommunikatsiya samaradorligi, foydalanuvchi tajribasi, ishonch va reputatsiyasini kompleks baholashga asoslangan yondashuv taklif etilgan. Shuningdek, raqamli brend pozitsiyasini aniqlash uchun integral indeks, auditoriyani segmentlash, kontent strategiyasi, raqamli kanallarni integratsiya qilish va KPI monitoringidan iborat rivojlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta'lim muassasalarining raqamli makondagi tanilish darajasini oshirish, ijobiy imijini mustahkamlash va manfaatdor tomonlar bilan samarali kommunikatsiyani rivojlantirish uchun amaliy asos yaratadi.