SANOAT KORXONALARINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISHNI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Sanoat korxonalarini raqamli transformatsiya qilishni moliyalashtirishning nazariy- metodologik asoslari tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiyaning iqtisodiy mazmuni aniqlashtirilib, uning raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonlaridan farqlovchi xususiyatlari tizimlashtirilgan. Raqamli investitsiyalarning moddiy va nomoddiy tarkibi ilmiy jihatdan asoslangan hamda korxonalarning raqamli transformatsiyasini moliyalashtirish manbalari tizimlashtirilgan. O'zbekiston sanoat korxonalarida raqamli transformatsiyani moliyalashtirish bilan bog'liq asosiy muammolar aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida moliyaviy resurslar, raqamli investitsiyalar, raqamli texnologiyalar, ishlab chiqarish samaradorligi, moliyaviy natija va qayta investitsiyalash o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni ifodalovchi konseptual model taklif etilgan.