Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘ZBEKISTONDA SUV MUHITIGA BOG‘LIQ HASHAROTLARNING QISHLOQ XO‘JALIK O‘SIMLIKLARIGA ZARARKUNANDALIK XUSUSIYATLARI

Davron SultonovFarg‘ona davlat universitetiSarvinoz Xayrulla qizi RasulovaFarg‘ona davlat universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida uchraydigan suv muhitiga bog‘liq hasharotlarning tur tarkibi, ekologik xususiyatlari va qishloq xo‘jalik o‘simliklariga, xususan, sholiga zarar yetkazuvchi turlari tahlil qilindi. Adabiyot ma’lumotlarini umumlashtirish asosida suv hasharotlarining aksariyati yirtqich, detritofag yoki boshqa trofik guruhlarga mansub bo‘lib, ularning barchasini o‘simlik zararkunandasi sifatida baholash noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatildi. O‘zbekiston sholi agrotsenozlarida suv muhitiga bevosita bog‘liq asosiy fitofag hasharot sifatida Hydronomus sinuaticollis Faust. (Curculionidae) ajratib ko‘rsatildi. Shuningdek, Ephydra macellaria Egger va Hydrellia griseola Fall. kabi suvli agrobiotoplar bilan bog‘liq ikkiqanotlilar sholi o‘simliklariga zarar yetkazishi qayd etilgan. O‘zbekiston suv qo‘ng‘izlari faunasi bo‘yicha tadqiqotlarda 36 tur qayd etilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi yirtqich yoki boshqa trofik guruhlarga mansub. Maqolada suv hasharotlarini ekologik va xo‘jalik ahamiyatiga ko‘ra ajratish, sholi agrotsenozlarida monitoring olib borish hamda integratsiyalashgan himoya choralarini ishlab chiqish zarurligi asoslangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba