Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ANJIR (FICUS CARICA L.) BARGI TARKIBIDAGI FENOL BIRIKMALARINING ANTIOKSIDANT XUSUSIYATLARI

Aktam AzizovToshkent davlat agrar universitetiHomidova Lobar MadievnaBuxoro davlat texnika universiteti, Buxoro, O‘zbekiston
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada anjir (Ficus carica L.) barglarining fenol birikmalari tarkibi, ularning antioksidant xususiyatlari hamda xomashyoni quritish sharoitlarining biologik faol komponentlar saqlanishiga ta’siri zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Adabiyotlarda anjir barglarida xlorogen, kofeik, p-kumar va kaftar kislotalari, rutin, izokversetin, kversetin, luteolin, kaempferol va ularning glikozidlari kabi ko‘plab fenol birikmalari aniqlangani ko‘rsatilgan. Ularning erkin radikallarni tutib qolish, metall ionlarini qaytarish va oksidlanish zanjirini uzish qobiliyati DPPH, ABTS, FRAP va boshqa testlar bilan tasdiqlangan. Tahlil natijasida anjir bargini funksional oziq-ovqat, fitotea va tabiiy antioksidant ingredient sifatida qayta ishlashda nav, bargning yetilish bosqichi va quritish rejimini birgalikda standartlashtirish zarurligi asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba