KO'RISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING INGLIZ TILIDAGI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ko'rishida nuqsoni bo'lgan boshlang'ich sinf o'quvchilarining ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiya tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi inklyuziv ta'lim tizimining rivojlanishi va ko'rish qobiliyati cheklangan bolalarga xorijiy til o'qitishning o'ziga xos metodik yondashuvlarni talab qilishi bilan belgilanadi. Maqolada eshitish, teginish va harakatga asoslangan multisensor metodlar, taktil-audial mashqlar tizimi, screen-reader va audio dasturiy ta'minotdan foydalanish, hamkorlikda o'qitish hamda nutqiy vaziyatlarni modellashtirish orqali kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirish yo'llari yoritilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida pedagogik kuzatish, eksperiment, so'rovnoma va o'quvchilar bilimini baholash testlari qo'llanildi. Tajriba-sinov ishlari natijasida ishlab chiqilgan texnologiyani qo'llash o'quvchilarning tinglab tushunish, gapirish va muloqot ko'nikmalari sifat ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshirganligi aniqlandi. Maqola xulosalari maxsus ta'lim muassasalari, inklyuziv sinflar o'qituvchilari va metodistlar uchun amaliy ahamiyatga ega.