Informatika o'qitishda motivatsiyani oshirish uchun o'yinlashtirish
Annotatsiya
Ushbu maqolada informatika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishda geymifikatsiya (o‘yinlashtirish) texnologiyalaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim sharoitida an’anaviy o‘qitish usullarining yetarli darajada samarali bo‘lmayotgani hamda raqamli muhitga moslashgan o‘quvchilar ehtiyojlari tahlil qilingan. Maqolada geymifikatsiyaning mohiyati, asosiy elementlari va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni batafsil bayon etilgan. Shuningdek, informatika darslarida o‘yin elementlarini qo‘llashning afzalliklari, jumladan motivatsiyani oshirish, mantiqiy va algoritmik fikrlashni rivojlantirish, o‘quvchilarning faolligini kuchaytirish, tezkor fikr-mulohaza olish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish kabi jihatlar ko‘rib chiqilgan. Amaliy qismda esa ta’limiy o‘yinlar, musobaqalar, yutuqlar tizimi, virtual kvestlar va loyihaviy faoliyat orqali geymifikatsiyani joriy etish usullari misollar bilan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘yinlashtirish texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi va o‘quvchilarda informatika faniga nisbatan barqaror qiziqishni shakllantiradi.