DJANGO FREYMVORKI WEB TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA RAQAMLI SAVODXONLIKNI OSHIRISHDA FOYDALANUVCHI AUTENTIFIKATSIYASI MUAMMOLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Raqamli savodxonlikni oshirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda web texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan ta’limiy platformalar muhim rol o‘ynaydi. Mazkur maqolada Django freymvorki asosida yaratilgan web-ilovalarda foydalanuvchi autentifikatsiyasi va rollarni boshqarish bilan bog‘liq muammo tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida foydalanuvchi rollari aniq belgilanmagan taqdirda axborot xavfsizligi va platformadan foydalanish samaradorligi pasayishi aniqlangan. Ushbu muammoni hal etish uchun Django’ning ichki autentifikatsiya mexanizmlariga asoslangan role-based access control (RBAC) modeli taklif etildi. Tadqiqot natijalari RBAC modelining joriy etilishi raqamli savodxonlikni oshirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi.
Hali tarjima qilinmagan