TALABALARDA IJTIMOIY YOLG‘IZLIK FENOMENOLOGIYASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivojlanishi va ijtimoiy muloqotning transformatsiyaga uchrashi natijasida talabalarda sub'ektiv yolg'izlik hissi kuchayib borayotgani butun dunyo kabi O‘zbekistonda ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi oliy ta'lim muhitida talabalarning shaxslararo munosabatlari va ijtimoiy izolyatsiyasi o'rtasidagi bog'liqlikni fenomenologik yondashuv asosida ochib berishdan iboratdir. Shu maqsadda ishda talabalarning ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonidagi to'siqlarni aniqlash, yolg'izlikning ularning akademik o'zlashtirishi va ruhiy salomatligiga ta'sirini tahlil qilish hamda ushbu emotsional holatni korreksiya qilish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kabi vazifalar amalga oshirilgan. Mazkur tahlil talabalar shaxsiyatining shakllanishida ijtimoiy integratsiyaning ahamiyatini tushunishga va ulardagi ijtimoiy begonalashuv muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan