ANG‘IZDA YETISHTIRILGAN LOVIYANING HOSILDORLIGI VA DON TARKIBIDAGI OQSIL MIQDORIGA MINERAL O‘G‘ITLAR HAMDA BAKTERIAL PREPARATNING TA’SIRI
Annotatsiya
Tadqiqotda Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy ang‘iziga ekilgan loviyaning hosildorligi va don tarkibidagi oqsil miqdoriga mineral o‘g‘itlar hamda BiNitro bakterial preparatining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar 2022–2024-yillarda olib borilib, 13 ta varianti baholangan. Eng yuqori o‘rtacha don hosildorligi P90K90+N30 variantida 27,3 s/ga, P60K60+N30+BiNitro variantida 27,1 s/ga qayd etilgan. Don tarkibidagi oqsil miqdori 26,31–28,56% oralig‘ida bo‘lgan. Eng yuqori oqsil miqdori P90K90+N30+BiNitro variantida 28,56% ni tashkil etgan. Oqsil chiqimi 6,22–7,67 s/ga oralig‘ida bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich 7,67 s/ga ga teng bo‘lgan. Mineral va bakterial o‘g‘itlarni maqbul uyg‘unlashtirish loviya hosildorligi hamda don sifatini oshirish imkonini bergan.
Hali tarjima qilinmagan