Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TUBERKULEZ VA QANDLI DIABET BILAN KOMORBID HOLATDA TUR VA TUBERKULEZ BILAN BEMORLARDA IMMUNOLOGIK VA SITOKINLAR PROFILI MARKERLARINING PROGNOSTIK IMKONIYATLARINI ANIQLASH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mycobacterium tuberculosis ga qarshi immun javob reaksiyalarini muvofiqlashtirish hamda hujayralararo kooperatsiyani ta'minlash bevosita sitokinlar tizimining funksional faolligi bilan belgilanadi. Tuberkulyoz infeksiyasida samarali himoya immuniteti Th1-tipidagi sitokinlar profilining mutanosib sinteziga bog'liq bo'lib, jarayonga qandli diabet kabi tizimli metabolik kasallikning qo'shilishi sitokinlar kaskadida jiddiy transformatsiyalarni keltirib chiqaradi va patogenetik zanjirni izdan chiqaradi. Komorbidlik shakllanishining asosiy immunopatologik markerlari - gamma-interferon (IFN-γ), interleykin-12 (IL-12) va o'sma nekrozi omili-alfa (TNF-α) ko'rsatkichlarining bemorlar qonidagi dinamikasi va ularning o'zaro patogenetik bog'liqligini tahlil qilish juda dolzarb hisoblanadi. Ilmiy ishning maqsadi: Ushbu tadqiqotning maqsadi TB bilan kasallangan bemorlarda QDning epidemiologiyasi, xavf omillari va immunologik jihatlarini o'rganish, shuningdek, ularni davolash va profilaktika qilish yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifa qo'yilgan: Sil kasalligiga chalingan ikkinchi tur qandli diabet bilan komorbid bemorlarda qondagi sitokinlar profilining (IFN-γ, IL-12, TNF-α) o'zgarishlarini o'rganish. Tadqiqotning obyekti: Qandli diabet bo'yicha turli maqomga ega bo'lgan sil kasalligiga chalingan bemorlar. QD bilan kasallangan bemorlarda TB xavfining asosiy omillari aniqlanadi va ularni stratifikatsiya qilish tizimi taklif etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba