Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTONDA KIMYO SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ibodullo KhotamovMadinabonu Fozil qizi IsmatulloyevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada O'zbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirishning institutsional, xomashyo, texnologik, investitsion, eksport, ekologik va hududiy xususiyatlari tizimli ravishda tadqiq etildi. Tadqiqotda 2024–2025-yillarga oid rasmiy statistik ma'lumotlar, "O'zkimyosanoat" AJ hisoboti, O'zbekistonning kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirish dasturi hamda xalqaro ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Natijalar kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining uzoq muddatda sezilarli oshganini, investitsiya faolligi kuchayganini, biroq tarmoqda energiya sig'imdorligi, eskirgan uskunalar, importga bog'liqlik, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish va ekologik samaradorlik masalalari saqlanib qolayotganini ko'rsatdi. Tadqiqot natijalari kimyo sanoatida resurs samaradorligi, mahsulot diversifikatsiyasi, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, klasterlash, kadrlar tayyorlash va eksport geografiyasini kengaytirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni shakllantirish imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba