XALQARO STANDARTLAR TALABLARI ASOSIDA AUDITORLIK TEKSHIRUVINI TASHKIL ETISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada auditorlik tekshiruvini xalqaro audit standartlari asosida tashkil etishning ilmiy-nazariy vaamaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda auditorlik faoliyatining moliyaviy nazorat tizimidagi o‘rni, auditni rejalashtirishningahamiyati hamda Xalqaro audit standartlari (XAS), xususan, 300-sonli “Moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish”standarti talablari keng yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi va O‘zbekiston Respublikasidaauditorlik faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirish bosqichlari tahlil qilingan. Maqolada auditni rejalashtirishjarayonining tarkibiy qismlari, audit strategiyasi va audit dasturini shakllantirish masalalari, risklarni baholash hamdatahliliy amallarning audit sifatini oshirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari audit jarayonini samarali tashkiletish, moliyaviy hisobotlar ishonchliligini ta’minlash va auditorlik xulosasining sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasbetadi.