DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIDA XOTIN-QIZLARNING BOSHQARUV KARYERASI: MOHIYATI, ZARURIYATI VA ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Bugungi globallashuv va institutsional transformatsiyalar sharoitida davlat boshqaruvi sifatini oshirish,barqaror rivojlanish hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashda inson kapitalidan samarali foydalanish halqiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Ushbu jarayonda xotin-qizlar jamiyatning yirik ijtimoiy-demografik qatlami sifatida nafaqatiqtisodiy, balki boshqaruv resursi sifatida ham strategik ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarda xotinqizlarningqaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki yetarli darajada ta’minlanmagani, ularning rahbarlik lavozimlarigako‘tarilishi institutsional to‘siqlar, stereotiplar hamda imkoniyatlar tengsizligi bilan cheklanishi kuzatiladi. Bu holat davlatboshqaruvi tizimida inklyuzivlikning susayishi, ijtimoiy adolat tamoyillarining zaiflashuvi va boshqaruv qarorlariningsifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Maqolada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tuzilmasi (UNWomen) hamda Parlamentlararo ittifoq (Inter-Parliamentary Union, IPU) ma’lumotlari asosida 2025–2026-yillardagi globalko‘rsatkichlar tahlil qilinadi, shuningdek, O‘zbekiston misolida davlat fuqarolik xizmatida gender tenglikni kuchaytirishgaqaratilgan normativ-huquqiy baza va institutsional mexanizmlar yoritiladi.Tadqiqot natijalariga tayangan holda “mahalla–tuman–viloyat–respublika” tizimida kompetensiyaga asoslangan seleksiya,prognozlash–rejalashtirish va monitoring–baholash tizimini metodik asosda integratsiyalash bo‘yicha takliflar beriladi