MINTAQALARDA INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH MASALALARI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda mintaqalarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishningnazariy va amaliy jihatlari kompleks tarzda o‘rganildi. Tahlil jarayonida milliy innovatsion tizim nazariyasi hamda TripleHelix konsepsiyasi metodologik asos sifatida qo‘llanildi. Tadqiqot doirasida davlat byudjeti mablag‘lari, venchur kapital,korporativ investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari resurslari hamda muqobil moliyaviy instrumentlarning mintaqaviyinnovatsion tizimlar rivojlanishidagi o‘rni baholandi. OECD, Jahon banki, UNCTAD va O‘zbekiston Respublikasistatistika ma’lumotlari asosida innovatsion xarajatlar dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida mintaqaviy innovatsionmoliyalashtirishni diversifikatsiya qilishga qaratilgan konseptual model ishlab chiqildi. Ushbu model moliyaviy manbalarportfelini kengaytirish hamda innovatsion faoliyat bilan bog‘liq risklarni samarali taqsimlash imkoniyatlarini namoyon etdi.Olingan natijalar mintaqalarda innovatsion faollikni oshirish va moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yichaamaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi