Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MASOFAVIY BANK XIZMATLARINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA ILGʻOR XORIJ TAJRIBASI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Masofaviy bank xizmatlari (MBX) so‘nggi yillarda global moliyaviy tizimning muhim tarkibiy qismiga aylanib,bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini sezilarli darajada oshirdi. Mazkurtadqiqotda 2020–2026-yillar davomida masofaviy bank xizmatlarining rivojlanish tendensiyalari, ularning nazariy asoslarihamda ilg‘or xorijiy tajribalar qiyosiy tahlil asosida o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida texnologiyani qabul qilish modeli (TAM),moliyaviy inklyuzivlik nazariyasi, innovatsiyalar diffuziyasi konsepsiyasi hamda Basel III doirasidagi moliyaviy barqarorliktamoyillari metodologik asos sifatida qo‘llanildi.Maqolada AQSh, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Singapur va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning masofaviybank xizmatlari sohasidagi tajribasi tahlil qilinib, ularning rivojlanish omillari hamda raqamli moliyaviy infratuzilmanishakllantirishdagi institutsional mexanizmlari yoritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda masofaviy bankxizmatlari jadal rivojlanayotgan bo‘lsa-da, moliyaviy inklyuzivlik darajasi, raqamli infratuzilmaning rivoji hamda fintechekotizimi bo‘yicha hali ham muayyan muammolar mavjud

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba