O'ZBEKISTONDA MILLIY TAOMLARNING TURISTLAR SAYOHAT MOTIVATSIYASIGA TA'SIRINI BAHOLASH
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston milliy taomlarining turistlar sayohat motivatsiyasiga ta’siri nazariy vaempirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy turizmda gastronomiya nafaqat ovqatlanish ehtiyojiniqondiruvchi vosita, balki turistlarni muayyan destinatsiyaga jalb qiluvchi muhim motivatsion omilga aylanib borayotganibilan izohlanadi. Tadqiqotda milliy taomlar, gastronomik tajriba, gastronomik qoniqish, destinatsiya imiji va qayta tashrifniyati o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy adabiyotlar asosida ko‘rib chiqildi hamda turistlar orasida o‘tkazilgan anketa so‘rovinatijalari bilan boyitildi. Empirik bosqichda 390 nafar respondent ishtirok etgan bo‘lib, so‘rovnoma 22 ta savol asosidaturistlarning milliy taomlarga qiziqishi, gastronomik motivatsiyasi, autentiklikni qabul qilishi, umumiy qoniqishi, O‘zbekistonhaqidagi tasavvuri va qayta tashrif niyatini baholashga yo‘naltirildi. Natijalar o‘zbek milliy taomlari turistlarning sayohatgabo‘lgan qiziqishini oshirishi, gastronomik tajribani boyitishi va umumiy sayohat taassurotini yaxshilashini ko‘rsatdi