Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YENGIL AVTOMOBIL UCHUN YONILG'I SARFINI KAMAYTIRISHGA QARATILGAN ECO-HARAKAT REJIMLARINI NAZARIY ASOSLASH USLUBI.

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada shahar sharoitida avtomobillarning harakat rejimlarini optimal tanlash orqali yonilg‘i sarfinikamaytirish masalasi o‘rganilgan. Tadqiqotda bir o‘rkachli trapetsiyasimon tezlik profili asosida Nexia avtomobili uchun 30,40, 50, 60 va 70 km/soat maksimal tezliklarda, turli tezlanish (0,5–3,0 m/s²) va sekinlanish (0,3–4,0 m/s²) qiymatlarida 240dan ortiq harakat profillari hisoblab chiqilgan. MATLAB/Simulink dasturida teskari yondashuv (backward model) asosidayonilg‘i sarfini aniqlovchi model ishlab chiqilgan. Natijalar asosida har bir maksimal tezlik uchun eng tejamkor (eko)rejim aniqlangan. Eng past yonilg‘i sarfi 50 km/soat maksimal tezlikda, a = 2,5 m/s² tezlanish va j = 0,3 m/s² sekinlanishqiymatlarida kuzatilib, 6,60 l/100 km ni tashkil etgan. Muhim ilmiy natija sifatida aniqlanishicha, ma’lum chegaragachatezroq tezlanish yonilg‘i sarfini kamaytirishga yordam berishi mumkin, silliq va nazoratli sekinlanish esa samaradorliknioshiradi. Olingan natijalar haydovchilarga optimal tezlanish va silliq sekinlashuv orqali yonilg‘i sarfini sezilarli darajadakamaytirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba