HUDUDLARNING MOLIYAVIY MUSTAQILLIGINI OSHIRISH VA MAHALLIY BOSHQARUV VAKOLATLARINI KENGAYTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIGI: STATISTIK VA EKONOMETRIK TAHLIL
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda hududlarning moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgan soliq siyosatihamda mahalliy boshqaruv tizimida vakolatlar kengayishining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi o‘zaro bog‘liq jarayonsifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi mahalliy budjet daromadlari dinamikasi, hududiy iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlikfaolligi va boshqaruv vakolatlarining kengayishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda bu bog‘liqlikning natijadorlikkata’sirini statistik va ekonometrik yondashuv asosida baholashdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mahalliy budjetdaromadlari dinamikasi yalpi hududiy mahsulot va eksport bilan kuchli, yangi korxonalar soni bilan esa qisqa qatordabeqaror bog‘liqlikni namoyon etadi. Institutsional jihatdan esa vakolat, resurs, hisobdorlik va fuqarolar ishtiroki bir tizimsifatida ishlaganda samaradorlik ortadi (IHTT, 2019; IHTT, 2021; BMTTD, 2022; BMTTD, 2024).