Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QURILISH SANOATIDA KORXONALARNI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY KONSEPSIYALARI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Qurilish tarmog‘ining yuqori kapital sig‘imi, ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p bosqichliligi, investitsiyaqaytuvchanligining nisbatan uzoq muddatni qamrab olishi hamda bozor konyunkturasiga yuqori darajada bog‘liqligimazkur sohada moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish masalalarini dolzarblashtiradi.Ushbu maqolada qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishning nazariy konsepsiyalari va zamonaviy yondashuvlariilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Shu nuqtayi nazardan, qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishning iqtisodiymazmuni, uning institutsional xususiyatlari hamda moliyaviy mexanizmlarining amal qilish qonuniyatlarini aniqlash muhimahamiyat kasb etadi. Ilmiy maqolamizda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, nazariy umumlashtirish, institutsional baholashva iqtisodiy-mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlillar natijasida qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishdaan’anaviy manbalar, xususan, o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bilan bir qatorda,loyiha moliyalashtirishi, lizing, korporativ qimmatli qog‘ozlar, davlat-xususiy sheriklik va raqamli moliyaviy instrumentlardansamarali foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, moliyalashtirishning zamonaviy yondashuvlari korxonalarningmoliyaviy barqarorligi, investitsion jozibadorligi, raqobatbardoshligi va innovatsion rivojlanish sur’atlariga bevosita ta’sirko‘rsatishi ochib berilgan. Maqolada qurilish sanoatida moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, moliyaviy resurslartarkibini diversifikatsiya qilish, risklarni boshqarish mexanizmlarini kuchaytirish hamda sohada barqaror iqtisodiy o‘sishnita’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar shakllantirilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba