NAMANGAN VILOYATIDA AYOLLAR TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TADBIRKORLIK MUHITINI BAHOLASH
Annotatsiya
Ushbu maqolada Namangan viloyatida ayollar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda tadbirkorlik muhitinibaholash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda ayollar tadbirkorligi rivojiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan,moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati, bozorlarga kirish, ishbilarmonlik ko‘nikmalari, huquqiy to‘siqlar, axborotdanfoydalanish imkoniyatlari hamda ish-oila muvozanati bilan bog‘liq muammolar o‘rganilgan. So‘rovnoma ma’lumotlariasosida tadbirkorlik muhitini baholash amalga oshirilib, ayollar tadbirkorlik faoliyatini cheklayotgan asosiy to‘siqlaraniqlangan. Tahlil natijalari moliyaviy resurslarga kirish, ish-oila muvozanatini ta’minlash va bozor imkoniyatlaridanfoydalanish masalalari eng dolzarb muammolar ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida ayollar tadbirkorligi uchun qulaymuhitni shakllantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.