TIJORAT BANKLARI DEPOZIT SIYOSATI VA DEPOZIT BAZASI DINAMIKASINING BANK LIKVIDLIGIGA TA'SIRI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tijorat banklarining depozit siyosati va depozit bazasi dinamikasining bank likvidligiga ta’siritadqiq etilgan. Tadqiqotda depozit bazasining hajmi va tarkibi, jismoniy hamda yuridik shaxslar kesimidagi o‘zgarishlari,milliy va chet el valyutasida shakllanishi, shuningdek ushbu jarayonlarning likvidlik ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilindi.Natijalar shuni ko‘rsatdiki, depozit bazasining kengayishi likvidlikni avtomatik ravishda mustahkamlamaydi, biroq resurslartarkibi barqaror va diversifikatsiyalashgan bo‘lgan sharoitda LCR, NSFR hamda joriy likvidlik ko‘rsatkichlari yaxshilanishimumkin. Shuningdek, retail depozitlar ulushini oshirish, muddatli resurslar bazasini kengaytirish va depozitlar tarkibinimuvozanatlashtirish zarurligi asoslandi.