Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TIJORAT BANKLARIDA ZAMONAVIY TO'LOV TIZIMLARINI JORIY ETISH BILAN BOG'LIQ MUAMMOLAR

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida zamonaviy raqamli to‘lov tizimlarini(xususan, Uzcard va Humo) joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolarni aniqlash hamda ilmiyasoslangan yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining2023–2024-yillardagi rasmiy statistik ma’lumotlari tahlil qilinib, P2P o‘tkazmalari hajmi 56 foizga oshib, 224,3 trillionso‘mga yetganligi aniqlandi [4; 1-b.]. O‘sish sur’atlarining yuqoriligiga qaramay, bank infratuzilmasining yetarli darajadamodernizatsiya qilinmaganligi, tranzaksiyalar vaqtida texnik uzilishlarning ko‘pligi hamda kiberxavfsizlik (antifrod)tizimlarining zamonaviy xatarlarga to‘liq javob bera olmasligi kabi jiddiy muammolar mavjudligi ochib berildi. Shuningdek,tadqiqotda tijorat banklarida integratsiyalashgan platformalar yaratish, hududlarda raqamli savodxonlikni oshirish vaqonunchilik bazasini takomillashtirish masalalari chuqur muhokama qilindi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba