PAXTA-TOʻQIMACHILIK KLASTERLARIDA ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ASOSIDA YUQORI QOʻSHILGAN QIYMATLI MAHSULOTLAR ULUSHINI KENGAYTIRISH
Annotatsiya
Maqolada paxta-toʻqimachilik klasterlarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish asosida yuqori qoʻshilganqiymatli mahsulotlar ulushini kengaytirish masalasi oʻrganildi. Tadqiqot davomida klaster modelining qiymat zanjiri boʻylabta'siri va eksport tarkibidagi tarkibiy oʻzgarishlar tahlil qilindi. 2018-2024-yillardagi statistik ma'lumotlar asosida ip-kalavaulushining kamayishi va tayyor mahsulotlar ulushining ortishi aniqlangan. Diversifikatsiya jarayonining vertikal va gorizontalyoʻnalishlari baholangan hamda yuqori qoʻshilgan qiymatni shakllantiruvchi asosiy omillar tizimlashtirilgan. Olingannatijalar klasterlar faoliyati eksport samaradorligini oshirishga xizmat qilganini koʻrsatgan. Taklif etilgan yondashuvlar tarmoqningraqobatbardoshligini kuchaytirish va xalqaro bozorlarda barqaror oʻsishni ta'minlashga yoʻnaltirilgan