AKSIYADORLIK JAMIYATLARI TOMONIDAN INVESTITSIYA LOYIHALARINI REJALASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan investitsiya loyihalarini rejalashtirish jarayonida investitsiyaxatarlarini kompleks baholash va hududiy investitsion salohiyatni aniqlash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotdakorporativ, bozor va moliyaviy risklarning integrallashgan bahosiga asoslangan yangi risk ko‘rsatkichi taklif etilib, uningasosida investorlar, banklar va emitentlar uchun aniq “risk mezoni”ni belgilash imkoniyati asoslangan. Xususan, riskko‘rsatkichining 0,28 dan 0,16 gacha bo‘lgan qiymatlari “juda yuqori xavf” zonasi sifatida, 0,42 darajasi esa moliyaviy tiklanishbosqichi boshlangan, biroq investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha kafolatlar talab etiladigan holatsifatida baholangan. Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi va maqsadgamuvofiqligini aniqlashda mahalliylashtirish hamda ixtisoslashuv koeffitsiyentlaridan foydalanish zarurligi asoslab berilgan.Ushbu yondashuv aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya loyihalarini rejalashtirishda risklarni oldindan aniqlash, hududiyiqtisodiy imkoniyatlarni baholash va moliyalashtirish qarorlarining asoslanganligini oshirishga xizmat qiladi.