JAMOAT TRANSPORTI KORXONALARIDA MARKETING STRATEGIYALARINI AMALGA OSHIRISH USULLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada jamoat transporti korxonalarida marketing strategiyalarini amalga oshirish usullari ilmiyjihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida bozor segmentatsiyasi, 7P marketing kompleksi, xizmat sifati boshqaruvi, raqamlikommunikatsiya kanallari va MaaS platformalarining transport xizmatlari samaradorligiga ta'siri oʻrganildi. Xalqarotajriba hamda UITP, ITF-OECD va Jahon banki ma'lumotlari asosida jamoat transportida marketingning zamonaviy yondashuvlariumumlashtirildi. Tahlil natijalari marketing strategiyalarining yoʻlovchi mamnuniyati, xizmat sifati va transportxizmatlaridan foydalanish darajasiga ijobiy ta'sir koʻrsatishini tasdiqladi. Oʻzbekiston jamoat transporti tizimini modernizatsiyaqilish jarayonlari marketing yondashuvlarini amaliy qoʻllash uchun muhim institutsional asos yaratgani aniqlandi