Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY HISOBLASH TEXNOLOGIYALARINING O'RNI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining faoliyat samaradorligini oshirishda zamonaviy hisoblashtexnologiyalari, xususan, sun’iy intellekt, blokcheyn va bulutli hisoblashlarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot 2018-2024-yillar oralig’idagi statistik ma’lumotlarga tayanib, bank tizimidagi raqamli transformatsiya jarayonlarini baholaydi. Maqoladabanklar samaradorligini o‘lchashda ROA, ROE va operatsion xarajatlar koeffitsiyenti (CIR) kabi ko‘rsatkichlardan foydalanilgan.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni joriy etgan banklar an’anaviy banklarga nisbatan 15-20%yuqori operatsion samaradorlikka ega. Tadqiqot doirasida 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish prognozlari ishlab chiqilganbo‘lib, unda bank aktivlarining raqamli kanallar orqali boshqarilishi 85% ga yetishi va inson omili bilan bog’liq xatolar 40%ga kamayishi kutilmoqda. Shuningdek, maqolada kiberxavfsizlik va ma’lumotlar tahlili (Big Data) bo‘yicha takliflar berilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba