DAVLAT XARIDLARIDA TCO-UMUMIY EGALIK QIYMATI ASOSIDA BAHOLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat xaridlarida TCO (umumiy egalik qiymati) asosida baholash metodologiyasiningiqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi TCO metodologiyasining nazariy asoslarini yoritish, xalqarotajribani oʻrganish hamda uni Oʻzbekiston davlat xaridlari tizimiga, xususan, PF–259-son Farmoni doirasidagi islohotlargaintegratsiya qilish imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy, qiyosiy institutsional va ilmiy adabiyotlartahlili yondashuvlari qoʻllanildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, TCO metodologiyasi davlat xaridlarini faqat boshlangʻichnarx asosida emas, balki mahsulot yoki xizmatning butun hayot sikli davomida yuzaga keladigan xarajatlar asosida baholashimkonini beradi. Maqolada PF–259-son Farmonida nazarda tutilgan sun'iy intellekt asosidagi narx monitoringi vaelektron nazorat mexanizmlarining kelgusida AI-TCO modeliga integratsiyalash imkoniyatlari asoslangan. Xulosa sifatida,TCO metodologiyasini bosqichma-bosqich joriy etish davlat xaridlarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish, yashirin xarajatlarnikamaytirish va davlat mablagʻlaridan foydalanish sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ta'kidlanadi.