Professional ta'lim muassasalarida o'quvchilarning stressga bardoshliligini rivojlantirishning pedagogik modeli
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning stressga bardoshliligini rivojlantirishmuammosi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Hans Selye tomonidan asoslangan “Umumiy adaptatsionsindrom” nazariyasi hamda Richard Lazarus va Susan Folkman tomonidan ishlab chiqilgan kognitiv baholash va copingstrategiyalari konsepsiyasiga tayanadi. Tadqiqot natijasida maqsadli, mazmuniy, jarayon va baholash komponentlarini o‘zichiga olgan to‘rt bosqichli pedagogik model taqdim etiladi. Tajriba-sinov ishlari ishlab chiqilgan modelning samaradorliginiisbotlab, o‘quvchilarning stressga bardoshlilik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshganligini tasdiqladi. Maqola natijalariprofessional ta’lim tizimida psixologik barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik amaliyot va siyosat uchun muhimyo‘nalishlarni belgilab beradi.