Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Oilaviy tarbiya samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlar: tajriba-sinov natijalari asosida

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda oilaviy tarbiya samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik-psixologik yondashuvlarningamaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 5-, 12- va 24-sonliumumta’lim maktablarining 5–7-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida olib borilgan tajriba-sinov ishlariasosida yoritilgan. Tadqiqotda ota-onalar bilan treninglar, individual maslahatlar, keys-tahlil, vaziyatli muhokamalar, kommunikativyondashuv va raqamli hamkorlik mexanizmlaridan foydalanishning tarbiyaviy samarasi ochib berilgan. Tajribanatijalari ota-onalarning pedagogik-psixologik tayyorgarligi, farzandlari bilan muloqot sifati, oiladagi psixologik muhit vamaktab bilan hamkorlik darajasida ijobiy o‘zgarishlar yuz berganligini ko‘rsatdi. Xususan, demokratik tarbiya uslubiningkengayishi, avtoritar yondashuvlarning kamayishi hamda ota-onalarning farzandlarning yosh xususiyatlarini hisobgaolishga bo‘lgan e’tiborining kuchayishi oilaviy tarbiyada tizimli, maqsadli va innovatsion yondashuvlarning muhimligini tasdiqlaydi.Tadqiqotda oilaviy tarbiyani faqat nazorat yoki ogohlantirish bilan emas, balki muloqot, emotsional qo‘llab-quvvatlash,kelishuv, rag‘batlantirish va maktab bilan uzviy hamkorlik asosida tashkil etish zarurligi asoslab berilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba