NEFT-GAZ SANOATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING ILMIY-USLUBIY YONDASHUVLARI
Annotatsiya
Neft-gaz sanoatida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholashning ilmiy-uslubiy asoslaritadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya jarayonlarining iqtisodiy, texnologik va tashkiliy jihatlari kompleks ravishda tahlilqilingan. Raqamli texnologiyalarni baholash uchun xarajatlar, investitsiya qaytimi, joriy etish murakkabligi, texnologiksamara, kengaytirish imkoniyati va kiberxavfsizlik mezonlariga asoslangan baholash modeli ishlab chiqilgan. SCADA,DCS, ERP va MES tizimlarining funksional imkoniyatlari hamda ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagio‘rni yoritilgan. Jahon neft-gaz kompaniyalari tajribasi asosida raqamli texnologiyalarni joriy etishning istiqbolli va ustuvoryo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari korxonalarning raqamli yetuklik darajasini yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorliginioshirish hamda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlarini namoyon etadi. Ilmiy yangilik sifatidaraqamli texnologiyalarni baholashning oltita mezonli integral modeli hamda kiberxavfsizlikni muhim baholash mezoni sifatidaqo‘llash yondashuvi taklif etilgan