Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING BANK XIZMATLARIGA INTEGRATSIYASI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida bank sektorida sun’iy intellekt texnologiyalarini, aniqroq aytadiganbo‘lsak, AI chatbotlar va robot-maslahatchilarni joriy etish orqali mijozlar xulqi va xizmat sifati qanday o‘zgarishinitahlil qilgan. Mavzu zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida dolzarb bo‘lib, so‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalariningtez sur’atda rivojlanishi natijasida banklar AI chatbotlar va robot-maslahatchilarni bosqichma-bosqich tatbiq etmoqda.Maqolaning maqsadi — AI texnologiyalarining bank tizimining operatsion samaradorligi, mijozlar ishonchi hamdaxizmat sifati ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Maqola davomida O‘zbekiston Markaziy banki, O‘zbekiston RespublikasiMilliy statistika qo‘mitasi va McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasining tadqiqot bo‘limi ma’lumotlaridanfoydalanildi. Maqolada, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, “Banklar va bank faoliyatito‘g‘risida”gi qonun va Prezident farmonlarining sohani raqamlashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Metodologiyada “oldinva hozir” tahlil usuli va taqqoslovchi xalqaro tahlil yondashuvlari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonRespublikasi Markaziy banki — “Raqamli bank xizmatlari statistik hisobotlari” [1]da 2022–2024-yillar oralig‘ida AI chatbotjoriy etilgan 8 ta tijorat bankining xizmat ko‘rsatish o‘rtacha vaqti 4,8 daqiqadan 2,1 daqiqagacha qisqargani qayd etilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba