O'ZBEKISTONDA TASHISH VA SAQLASH XIZMATLARI BOZORINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda tashish va saqlash xizmatlari bozorining rivojlanish xususiyatlari, uningmilliy iqtisodiyotdagi o‘rni hamda transport-logistika tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot davomidamamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tashqi savdo hajmlarining ortishi, logistika infratuzilmasiningrivojlanishi va transport-kommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiya qilinishi sharoitida tashish va saqlash xizmatlaribozorining holati hamda rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli logistika texnologiyalarining joriy etilishi,zamonaviy logistika markazlari va ombor xo‘jaliklarining tashkil etilishi, elektron tijoratning kengayishi hamda xalqarotransport koridorlarining rivojlanishi mazkur xizmatlar bozoriga ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida baholangan. Tadqiqotnatijalari tashish va saqlash xizmatlari bozorining raqobatbardoshligini oshirish, logistika xarajatlarini kamaytirish, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlabchiqish imkonini beradi. Maqola natijalari transport-logistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar vasoha boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi