MINTAQALAR KESIMIDA RAQAMLI INFRATUZILMA RIVOJLANISHINING IQTISODIY TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston mintaqalarida raqamli infratuzilmaning rivojlanish holati va uning iqtisodiyo‘sishga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, internet qamrovi, mobilaloqa xizmatlari, keng polosali tarmoqlar hamda raqamli xizmatlardan foydalanish darajasi hududlar kesimida baholangan.Tahlil natijalari raqamli infratuzilma rivojlangan hududlarda iqtisodiy faollik, xizmatlar hajmi, investitsiyalar oqimi va mehnatunumdorligi nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, hududlar o‘rtasida mavjud raqamli tafovutlarning iqtisodiyrivojlanishga ta’siri aniqlanib, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlabchiqilgan.