HUDUDIY SOLIQ SALOHIYATINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada hududiy soliq salohiyatining nazariy-metodologik asoslari va uni shakllantiruvchi omillarkompleks tarzda tahlil qilinadi. Klassik makroiqtisodiy yondashuvdan boshlab zamonaviy integratsiyalashgan modellargachabo‘lgan evolyutsiya bosqichlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada hududiy soliq salohiyatining real va potensial komponentlariajratilgan holda tahlil qilinib, iqtisodiy, demografik, moliyaviy va institutsional omillarning hududlararo tafovutlarga ta’sirio‘rganiladi. O‘zbekiston viloyatlari misolida hududiy soliq tushumlarining sektorlar bo‘yicha taqsimoti tahlil qilinadi hamdako‘p omilli regressiya modeli orqali hududiy fiskal siyosatni strategik rejalashtirishga ilmiy asoslar taklif etiladi.